Gruziyada oʻzbekistonlik ayol oʻlik holda topildi

Kaxetiya tumani Sagarejo munitsipalitetida 50 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi oʻlik holda topildi.  

Mahalliy aholining soʻzlariga koʻra, marhumda qayd etilgan bosh jarohatlari toʻmtoq jism zarbalaridan kelib chiqqan boʻlishi mumkin.

Maʼlumotlarga qaraganda, oʻzbekistonlik ayol Gruziya fuqarosi bilan bir necha yillardan beri Gruziyada yashab kelgan.

Ichki ishlar vazirligi hodisa yuzasidan Gruziya Jinoyat kodeksining 108-moddasi (qasddan odam oʻldirish) boʻyicha tergov boshladi. Kaxetiya viloyati politsiyasi voqea yuzasidan chamasi 60 yoshli erkakni qoʻlga olgan.